MDH kuzatuvchilar guruhi a’zosi, hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi ishlar boshqarmasi maslahatchisi Denis Varganov Samarqandda bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Jumladan, viloyat hududiy saylov komissiyasida xalqaro kuzatuvchiga viloyatda saylovga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, 1130 ta saylov uchastkasi tuzilib, komissiyalar tarkibi tasdiqlangani, xalq derutatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov okrugi bo‘yicha beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan 300 nafar deputatlikka nomzod ro‘yxatga olingani haqida batafsil ma’lumot berildi.
- O‘zbekistonda bu galgi parlament va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, - deydi Denis Varganov. - Barcha jarayonlar saylov kodeksi talablariga mos keladi. Saylov uchastkalarida ovoz berishni o‘tkazish uchun saylovchilarga barcha qulayliklar yaratilgan. Shu bilan birga siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun alohida joylar tayyorlangan.
Xalqaro kuzatuvchi Samarqand shahridagi bir qator saylov uchastkalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot markazi.