Uchastka saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi

14.09.2024

364

msk_yangiliklari_in

Viloyati hududiy saylov komissiyasining 13-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

 

Komissiya raisi X.Muhammadiyev boshqargan yig‘ilishda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda harbiy qismlar komandirlari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlari tomonidan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun hududiy saylov komissiyasiga Ye-saylov tizimi orqali tavsiya etilgani ma’lum qilindi.

 

 

– Viloyat bo‘yicha mavjud 1130 uchastka saylov komissiyasiga 12 ming 144 kishi jalb etilmoqda, – deydi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Sanjar Nazarov. – Ularning 5598 nafari, ya’ni 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. 289 ta uchastka saylov komissiyasiga xotin-qizlar rahbarlik qiladi. Komissiya a’zolarining 52 foizi xalq ta’limi tizimi xodimlari, 17 foizi davlat idoralari va muassasalari xodimlari, 10 foizi jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat.

 

 

 

 

Majlisda uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi va bu haqdagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilandi.  

 

Viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur