Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Samarqand viloyatida bo‘lib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

11.10.2024

56

msk_yangiliklari_in

Jumladan, MSK raisi Samarqand shahridagi 73-saylov uchastkasida komissiya a’zolari va saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Komissiya a’zolari bilan suhbatlashdi.

 

Z.Nizomxo‘jayev Samarqand shahridagi uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun tashkil etilgan seminarda qatnashdi. Seminar qatnashchilariga bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha berdi.

 

Samarqand viloyatiga safari davomida Z. Nizomxo‘jayev viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan ham tanishib, komissiya a’zolari bilan muloqot qildi.

 

 

 

 

Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur