Xalq deputatlari mahalliy Kengashining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilayotgan saylov to‘g‘risida

02.12.2025

88

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 19 noyabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1453-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugrida xalq deputatlari Narpay tumani Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rini uchun 2025 yil 21 dekabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

 T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.  

Xalq deputatlari  Narpay tumani Kengashi

14-Qorasiyroq saylov okrugi

500-uchastka

Qozikent mahallasi
23-umumta’lim maktabi binosi

Narpay tumani, Qozikent mahallasi aholi punkti chegaralarida.

502-uchastka

Ipak yo‘li mahallasi
30-umumta’lim maktabi binosi

Narpay tumani, Ipak yo‘li mahallasi aholi punkti chegaralarida.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

 2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Uchastka saylov komissiyalari binolarida muddatidan oldin ovoz berish (2025 yil 15 dekabrdan, 19 dekabr oxirgi kun) ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etadi.

 

 3. Ovoz berish saylov kuni, ya`ni 21 dekabr - yakshanba kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;

 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Narpay tumani saylov komissiyasining http://samarqand.saylov.uz/oz/district_in/13  sayti orqali tanishib borish mumkin.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur