02.10.2024

103

msk_yangiliklari_in

 Samarqand viloyati shahar va tumanlarida uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda.

 

 2-10 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida saylov komissiyasi raisi, o‘rinbosari va kotibi tomonidan uchastka komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularga joriy yilgi saylov jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ma’lumot berilmoqda.

 

 

 Xususan, saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, aralash saylov tizimi va uning xususiyatlari, saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarning jihozlanishi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, saylov komissiyasi va a’zolarining ommaviy axborot vositalari, kuzatuvchilar, jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul organlar vakillari bilan hamkorligi masalalariga e’tibor qaratilmoqda. 

 

 

 Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali uchastka saylov komissiyalari a’zolarining ovoz berish kunidagi faoliyati va ovozlarni sanab chiqish jarayoni tushuntirilmoqda.

 

 Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur