Samarqand viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Saylov komissiyasining vakolat va majburiyatlari tushuntirildi

11.09.2024

30

msk_yangiliklari_in

9-11-sentyabr kunlari Samarqand viloyati shahar va tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan saylov komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari uchun o‘quvlar o‘tkazildi.

 

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan saylovga qadar va siyosiy jarayon kuni komissiya a’zolari tomonidan bajariladigan yumushlar, ularning huquq va majburiyatlari nazariy va amaliy tarzda o‘rgatildi.

 

 

Mashg‘ulotlarda avvalgi saylov jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning oldini olish, bu borada qanday yo‘l tutish kerakligi ta’kidlandi.

 

 

– O‘quv davomida o‘rganganlarimiz siyosiy jarayonni qonun talablari asosida, bekamu ko‘st o‘tkazishimizga yordam beradi, – deydi Zebo Abdullayeva. – Avval ham saylov komissiyalari ishida qatnashgan bo‘lsak-da bu yilgi saylovda qonunchilikda juda ko‘p o‘zgarishlar bor va ularni puxta o‘zlashtirishimiz talab etiladi. Mashg‘ulotlarda Saylov kodeksidagi har bir o‘zgarish, qo‘shimcha va uning ahamiyati tushuntirib berildi.

 

 

 

 

 

Treninglar davomida ishtirokchilarga saylov komissiyalari tizimi va faoliyatning asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxatlarini tuzish, muddatidan oldan ovoz berishni tashkil etishda saylov qonunchiligiga rioya qilinishini nazorat qilish, ovoz berish kuni va unga tayyorgarlik, saylov jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorlik, saylov natijalarini aniqlash kabi masalalar batafsil tushuntirildi.

 

Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi

Мatbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur