O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 11 sentabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025 yil 19 oktabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi manzili |
Saylov uchastkasi chegaralari |
1. |
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi |
4-Oxunboboyev saylov okrugi |
660-saylov uchastkasi |
Payariq tumani Beshqo‘rg‘on mahallasi, Guliston qishlog‘i, |
Beshqo‘rg‘on mahallasi hududi |
661-saylov uchastkasi |
Payariq tumani Fidokor mahallasi, Oxunboboyev qishlog‘i |
Fidokor mahallasi hamda Birlashuv mahallasi Mirzacho‘l qishlog‘ining Temirchi, Terakzor, Madadkor ko‘chalari hududlari |
|||
662- saylov uchastkasi |
Payariq tumani Baxrin mahallasi, Baxrin qishlog‘i, |
Baxrin mahallasi hududi |
|||
2. |
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi |
14-Jalolobod saylov okrugi |
915- saylov uchastkasi |
Toyloq tumani Saribozor mahallasi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi 2 uy, |
Toyloq tumani Jumabozor mahallasining Olmazor va Chinor guzari, Saribozor mahallasining O‘smirlar, Galaosiyo, Quruvchilar, Saribozor, Dilkash, Cho‘ponota ko‘chalari hududlari |
916- saylov uchastkasi |
Toyloq tumani Saribozor mahallasi, Kitobxonlar ko‘chasi 75-uy, 29-umumta’lim maktabi |
Toyloq tumani Jumabozor mahallasining Imom Faxriddin, Sadaf ko‘chalari va Jalolobod mahallasining barcha aholi punktlari hududlari |
|||
3. |
Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi |
23-Bobur saylov okrugi |
1012- saylov uchastkasi |
Urgut tumani Mangitobod MFY Shohrux Mirzo ko‘chasi, |
Urgut tumani Mangitobod mahallasidagi Shohrux Mirzo ko‘chalari barcha aholi hududlari |
1013- saylov uchastkasi |
Urgut tumani Birlik mahallasi Do‘rmon ko‘chasi, 40- umumta’lim maktabi |
Urgut tumani Birlik mahallasidagi Do‘stlik, Nayman, Chimqishloq, Husainbek, Shifokorlar, Rabg‘uziy ko‘chalari chegaralari hududlari |
|||
1014- saylov uchastkasi |
Urgut tumani Mangitobod mahallasi Uzumzor ko‘chasi, 84- umumta’lim maktabi |
Urgut tumani Mangitobod mahallasidagi Uzumzor, Darg‘omsoy, Oboddiyor, Al-Xorazmiy ko‘chalari chegaralari hududlari |
|||
1015- saylov uchastkasi |
Urgut tumani Jozmon mahallasi Ibn Sino ko‘chasi, 34- umumta’lim maktabi |
Urgut tumani Jozmon mahallasidagi Abay, Zarbdor, Ibn Sino, Semrug‘, Sobir Rahimov, Sanoatchi, Mironshoh, Mustaqillik ko‘chalari chegaralari hududlari |
2025 yil 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining Samarqand.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.