Samarqand viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi

16.08.2024

145

msk_yangiliklari_in

Viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

 

Saylov kodeksining 21-moddasiga ko‘ra, okrug saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

 

– Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Ye-saylov tizimi orqali bizga, ya’ni viloyat hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan, – dedi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Sanjar Nazarov. – Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, okrug saylov komissiyalari tarkibi jami 660 kishidan iborat bo‘lib, ular jamoatchilikning obro‘li vakillari hisoblanadi. 268 nafari (41 foizi) xotin-qizlar. 427 kishi (65 foiz) avval saylov komissiyalari ishida qatnashgan, bu borada tajribaga ega. Mutaxassisligi bo‘yicha komissiya a’zolarining 334 nafari (51 foizi) pedagog, 87 nafari (13 foizi) iqtisodchi, 56 nafari (8 foizi) shifokor, 32 nafari (5 foizi) muhandis xodimlar.

 

 Yig‘ilishda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Okrug saylov komissiya tarkibi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilandi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur