Samarqand viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Komissiya a’zolarining huquq va majburiyatlari tushuntirildi

26.08.2024

228

msk_yangiliklari_in

Viloyatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazuvchi komissiya a’zolari ishtirokidagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. 

 

Navbatdagi ikki kunlik seminar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug saylov komissiyasi rais va rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari ishtirokida tashkil etildi. 

 

 

– Joriy yil bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy kengashlar deputatlik saylovlari yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda, - deydi seminarda qatnashgan Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov. – Qolaversa, saylov qonunchiligimizdagi asosiy yangilik bu ilk bor aralash saylov tizimining joriy qilinishi bo‘ldi. Ya’ni, deputalarimizning 75 nafari bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional tizimi bo‘yicha siyosiy partiyalar tomonidan beriladigan nomzodlar ro‘yxati orqali shakillantiriladi. Yangiliklardan yana biri hududlar bo‘yicha tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okruglar mavjud, ammo ular uchun saylov komissiyalari tuzilmaydi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash uchun Samarqandda 8 okrug tuzilib har biridan bir nafardan deputat saylanishi belgilandi. Mazkur saylov okruglari bo‘yicha ham okrug saylov komissiyalari vakloati tegishincha tuman va shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatildi.

 

O‘quv seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan bu yilgi saylovning avvalgilardan farqli jihatlari, oldingi saylovlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi tushuntirilmoqda.

 

Shuningdek, okrug saylov komissiyasining saylov kunidagi faoliyati, saylov yakunlari, ovoz berish natijalarini to‘plash kabi jarayonlar amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib o‘tilmoqda.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur