Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya
Bosh Assambleyaning 2006-yil 13-dekabrdagi 61/106 rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan
29-modda
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish
Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning siyosiy huquqlarini va ulardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi hamda quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda siyosiy va ijtimoiy hayotda bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali samarali va har taraflama ishtirok etishlari, shu jumladan saylash va saylanish huquqlari va imkoniyatlariga ega bo‘lishlarini, jumladan, quyidagilar orqali taʼminlash:
i) ovoz berish tartiblari, binolari va materiallari anglash va foydalanish uchun mos va oson bo‘lishini taʼminlash;
ii) nogironlarning saylovlarda va davlat referendumlarida yopiq ovoz berishda qo‘rqitilmasdan ishtirok etish hamda o‘z nomzodlarini saylovlarda, davlat hokimiyatining barcha darajalarida davlat lavozimlarini amalda egallashiga va davlat funksiyalarini bajarishlariga ko‘rsatish huquqlarini — bunda qo‘llash maqbul bo‘lganda assistiv va yangi texnologiyalardan foydalanishlariga yordam bergan holda himoya qilish;
iii) nogironlarning saylovchilar sifatida o‘z irodalarini erkin bildirishlarini kafolatlash va shu maqsadda, zarurat bo‘lganda, ularning o‘z tanlovi bo‘yicha birorta shaxs tomonidan ovoz berishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimoslarini qondirish;
b) nogironlar boshqalar bilan teng ravishda va kamsitilmasdan davlatni boshqarishda samarali va har taraflama ishtirok etishlari uchun zarur sharoitni yaratishga faol ko‘maklashish hamda ularning davlat ishlarida ishtirok etishlarini, shu jumladan quyidagilar orqali rag‘batlantirish:
i) faoliyati mamlakatning davlat va siyosiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan nohukumat tashkilotlari va birlashmalarida, shu jumladan siyosiy partiyalar faoliyatida va ularga rahbarlik qilishda ishtirok etish;
ii) nogironlarga nogironlar tashkilotlarini tuzish hamda ularga xalqaro, milliy, mintaqaviy va mahalliy darajada vakillik qilish uchun aʼzo bo‘lish.